“Lester” Mahrezni jarimaga tortdi

1 fev 2018, 22:40
“Lester” yarim himoyachisi Riyod Mahrez jarimaga tortildi.

Jazoirlik futbolchi jamoasining ertalabki mashg'ulotlarida ko'rinish bermadi. Xabar berishlaricha, Mahrez jamoa uni qo'yib yubormaganidan tushkun holatda. 

Futbolchi kecha ham mashg'ulotlarda ishtirok etmagandi. Natijada u “Everton”ga qarshi bahsda o'yin qaydnomasidan joy olmadi.

“Lester” rahbariyati ushbu hatti-harakati uchun futbolchiga 200 ming funt jarima soldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail