"Lester Siti" egasi Vishay Shrivaddanaprabxaning shaxsiy vertolyoti "Vest Xem"ga qarshi APL uchrashuvidan (1:1) so'ng, "tulkilar" stadioni yaqiniga quladi.
Voqea klub avtoturargohida sodir bo'ldi. Guvohlarning so'zlariga ko'ra, voqea joyiga tez yordam va policiya mashinalari yo'l olishgan. Avariya sodir bo'lgan joyda yong'in chiqqan.