"Lester" bosh murabbiyi ham Maguayrning MYUga o'tishini tasdiqladi

Alisher
3 avg 2019, 11:52
Angliyalik futbolchi tarixdagi eng qimmat himoyachiga aylanadi.

"Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers ham himoyachining "qizil iblislar" safiga o'tishini tasdiqladi.

"Manchester Yunayted" himoyachini 80 million evroga sotib oladi.

Angliyalik o'yinchi "Lester" safida yakunlangan mavsum APLda 31ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, Angliya terma jamoasi o'yinchisi "Lester" safiga 2017 yilda "Xall Siti"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports