“Lester” APLda o'z tarixidagi eng yaxshi startni o'tkazmoqda

Eldor Akmurzayev
8 noya 2020, 22:40
Angliya chempionati 8-turida “Lester” uyda “Vulverxempton”ni qabul qilib, minimal hisobda zafar quchdi.

Ushbu g'alabadan keyin “tulkilar” hisobidagi ochkolar soni 18 taga etdi va ular jadvalda peshqadamga aylandi. "Opta" statistik portali ma'lumotiga ko'ra, bu “Lester”ning APLdagi eng yaxshi starti bo'lmoqda.

Jamoa chempion bo'lgan 2015/16 yilgi mavsumida esa 8-turdan keyin, 15 ochko to'plagandi. 

Brendan Rojers shogirdlarining chempionat doirasida navbatdagi raqibi amaldagi titul sohibi“Liverpul” bo'ladi. Mazkur bahs 21 noyabrda “Enfild”da o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta