Leonardo "Lion"ni boshqarishi mumkin

Narzulla Saydullayev
9 dek 2015
"Lion" bosh murabbiyi Yuber Furne yaqin orada ishdan kyetishi mumkin, deb xabar bermoqda "L’Equipe".

Ma'lumotlarga ko'ra, yangi murabbiy nomzodlari ikki nafar: Menxengladbaxning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Lyusen Favr va oldinroq PSJ sport direktori bo'lib ishlagan braziliyalik Leonardo.

Furne shu haftadayoq ishdan bo'shatilishi mumkin. Favr va Leonardo bilan muzokaralar hali boshlanmagan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lequipe.fr