Leno boshqa ingliz klubi bilan muzokara o'tkazmoqda

Оқил Абдубарноев
13 iyun 2022, 19:53
"Arsenal" darvozaboni Bernd Lenoning agenti Joannis Kukutrigas "Fulxem" 30 yoshli germaniyalik futbolchi bilan muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi.

Shu bilan birga, Kukutrigas darvozabonning “kanonirlar” safida qolishini ham istisno qilmayapti.

Bernd Leno 2018 yilning iyulidan beri "Arsenal"da to'p suradi. 2021/22 yilgi mavsumda darvozabon jamoa safida 8 ta o'yinda 11 ta gol o'tkazib yuborgan va 3 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Darvozabonning amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunida yakuniga etadi.

Transfermarkt.com portali Lenoning narxini 10 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Bild