

Futbolchining "kanonirlar" bilan imzolagan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
"Men klubda juda ham baxtliman. Kelajakda nima bo'lishini bilmayman, ammo men barchaga ochiqman: yangi chaqiriqlarga, balki "Arsenal"da qolarman. Hali men kelajagim haqida o'ylamayman, sababi 2 yil - katta muddat. Hozirda klub bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar bo'lmayapti", - deydi Leno.
29 yoshli darvozabon joriy mavsum barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 12ta o'yinda "quruq" o'ynadi.



