Lennon iyun so'nggida "Byornli"dan ketadi

Alisher
20 iyun 2020, 12:37
Yarim himoyachi Aaron Lennon shu oy oxirida "Byornli"dan ketadi.

Angliyalik vingerning klub bilan tuzgan shartnomasi 30 iyunga qadar mo'ljallangan, futbolchi qisqa muddatga shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.

Lennon "Byornli"ga 2018 yilning yanvarida "Everton"dan 1,7 million evro evaziga o'tgandi.

33 yoshli o'yinchi joriy mavsum jamoasi tarkibida 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports