Lempard Tuxelga xabar jo'natdi

Eldor Akmurzayev
28 yanv 2021
“Chelsi” yangi ustozi Tomas Tuxel Frenk Lempardning "aristokratlar"ni tark ketishiga u sababchi bo'lmaganini tushuntirdi.

“Bilaman, muxlislar Frenkning ishdan bo'shatilishidan qattiq xafa bo'lishdi, ammo avval ham aytganimdek, uni juda hurmat qilaman. Futbolchi bo'lganida Frenkning ashaddiy muxlisi edim. Bugun tongda esa u menga omad tilagan holda xabar yubordi. Balki, kelajakda uchrashib qolarmiz.

Klub uning ketishida mening aybim yo'qligini va bu menga bog'liq bo'lmaganini aniq tushuntirdi. Qaror qabul qilindi va menga imkon berildi”, deydi germaniyalik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru