Lempard “Tottenhem”da ishlashi haqida: “Hozir ham, 10 yildan keyin ham “yo'q” deyman”

22 noya 2019, 23:12
“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempardning aytishicha, u hech qachon “Tottenhem”ni boqsharmas ekan.

“Men qatiyat bilan aytishim mumkinki, hozir ham, 10 yildan keyin ham bu jamoani boshqarmayman.

O'ylashimcha, meni va Mourinyoning holati turlicha. Joze ko'plab klublarda ishlagan va uning qarorini hurmat qilishimiz lozim.

Men 13 yil davomida “Chelsi”da ishlab keldim. Klubga nisbatan mehrim juda yuqori. U mening yuragimga yaqin, shu bois men bu jamoani boshqarayotganim bilan faxrlanaman. “Tottenhem”ni hech qachon boshqarmasligim “Chelsi” bilan bog'liq emas”, deydi Lempard.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports