Lempard: “Mendi - bizning birinchi raqamli posbonimiz”

“Chelsi” ustozi YCHL 1-turi doirasida “Sevilya”ga qarshi bahsdan (0:0) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Futbolchilarimning o'yindagi professionallik taraflaridan qoniqdim. Futbolchilarim bilan o'yinning boshqarilishi haqida gaplashdim, reakciya ijobiy bo'ldi. “Sevilya” - top-klub, natija uchun esa diqqat-e'tiborni bir joyga jamlash kerak edi. Bizda foydalanishimiz kerak bo'lgan juda ko'p yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Mavsumning boshidamiz va sekin-astalik bilan olg'a yurmoqdamiz. Mendi o'zi ishtirok etgan 3 ta o'yinda juda yaxshi harakat qildi. U zarbalarni yomon qaytarmadi. Uning sifatini bilamiz va u bu safar ham o'zini ko'rsatdi. U hozir bizning birinchi raqamli posbonimiz”, - deydi Frenk Lempard.


Manba: UEFA