Lempard: "Chelsi" Jud Bellingemdan 20 million funtni qizg'angan"

Sherzod Nurmatov
7 noya 2023, 11:11
"Chelsi" sobiq bosh murabbiyi Frenk Lempard bir necha yil oldin "ko'klar" qanday qilib Jud Bellingem bilan shartnoma imzolamaganini esladi.

"Chelsi"ni birinchi marta boshqargan paytimda, Jud Bellingemni qo'lga kiritishni xohlaganman. Ammo yosh futbolchi 20 million funt to'lashga arzirli ekanligi haqida rahbariyatni ishontira olmaganman", – dedi Frenk Lempard.

Eslatib o'tamiz, Frenk Lempard "Chelsi"ni birinchi marta 2019 yilning yozidan 2021 yilning yanvarigacha boshqargan. O'shanda Jud Bellingem 17 yoshdan oshmagandi. 2020 yilning yozida u "Birmingem"dan Dortmundning "Borussiya"siga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Obi One Podcast