Lempard "Atletiko" haqida gapirdi

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard YCHL 1/8 finaliga qura tashlash marosimi natijalari haqida gapirdi. Qur'a "aristokratlar"ni "Atletiko" (Madrid) bilan uchrashtirgan.

"Ko'pchilikning fikricha, "Atletiko" - ushbu bosqichdagi eng qiyin raqib, ular La Ligada yetakchilik qilishmoqda.

Chempionlar Ligasidagi har qanday o'yin qiyin bo'ladi. Biz o'zimizga ishonishimiz kerak. Turnir yutish uchun har qaysi raqibni mag'lub qilish talab etiladi.  "Matraschilar" o'tgan yili shu bosqichda "Liverpul"ni musobaqadan chiqarib yuborishgan edi.

Hozir bor e'tiborimizni "Vulverxempton" bilan o'yinga qaratishimiz lozim. Eng muhim uchrashuv har doim keyingi uchrashuv hisoblanadi", - Lempardning so'zlarini keltiradi BBC.


Manba: BBC