Lemarga "Leyptsig" klubi qiziqmoqda

Alisher
26 sen 2020, 12:44
"Atletiko" yarim himoyachisi Toma Lemar faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

"RB Leyptsig" 24 yoshli fransiyalik xavbekni transfer qilishni ko'rib chiqmoqda.

Lemar o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushdi va bu o'yinlarda 2ta sariq kartochka oldi.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" xavbekni "Monako"dan Lemarni 2018 yilda 70 million evro evaziga xarid qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/MatteMoretto