
La Ligada Aric Aduric, APLda Jermeyn Defo kabi futbolchilarda kuzatilgani kabi, Jeparov ham o'z klubida jamoadoshlari bilan bemalol raqobatlasha oladi.
Kecha “Istiqlol” Eron chempionatining 21-turida “Pars Janubi Jam” klubini qabul qilib, raqibi postiga javobsiz 4 ta gol urdi. Gol urishni Jeparov pochin qilib berdi. 6-daqiqada o'zbekistonlik futbolchining penaltidan bergan zarbasi aniq chiqdi.
Biroq Server 38-daqiqaga keliboq almashtirilgan. Bu vaqtda hisob tehronliklar foydasiga 2:0 bo'lib turgandi. Bunda Jeparov jarohat olganmidi yoki buning boshqa bir sababi bormi, biroz keyinroq oydinlik kiritamiz.

Bungacha “Pars Janubi Jam” turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turgani inobatga olinsa, “Istiqlol”ning g'alabasi ancha salmoqli ekanini ko'rish mumkin. Tomonlarning 1-davra o'yinida “Istiqlol” 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan, Jeparov esa 90 daqiqa to'liq harakat qilgandi. O'sha vaqtda jamoani eronlik Alirizo Mansuriyon boshqarardi.

“Istiqlol” chempionatning ketma-ket 11 ta o'yinida mag'lub bo'lmadi: 6 ta g'alaba va 5 ta durang. Bu germaniyalik Vinfrid Sheferning tashrifidan keyin kuzatildi. Bungacha “Borussiya M”, “Shtutgart” kabi klublarga boshqargan Shefer, o'z vaqtida Kamerun, Tailand va Yamayka termalariga, shuningdek, Amirliklarning “Al-Ahli”, “Al-Ayn”, Ozabayjonning “Boku” klublariga ustozlik qilgandi. Shefer Server Jeparovni zaxiraga loyiq ko'rmadi va unga asosiy tarkibda ishonch bildirdi.

Championat.asia statistikasi
Server ishonchni qanchalik oqlayotganini quyidagi statistika ham ko'rsatib turibdi. 4 ta gol va 2 ta golli uzatma. Daqiqalardan ko'rinib turibdiki, “Istiqlol”da Servyerdan maksimal tarzda foydalanishmoqda.

“Istiqlol” o'zining navbatdagi o'yinini 30 yanvar kuni “Sanat Naft” klubiga qarshi o'tkazadi. Shundan keyingina Jeparov va jamoadoshlari Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichi haqida o'ylaydi.