Legionerlarimiz. "Amanat" mag'lub bo'ldi. Qosimov to'liq o'ynadi, Bobojonov zaxiradan tushdi

Iskandarov Abdulaziz
23 yanv 2026, 09:40
Kecha Iroq chempionatidan o'rin olgan "Al Karama" - "Amanat" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Darvozalarga 3 ta gol urilgan o'yinda "Al Karama" 2:1 hisobidagi g'alabani o'ziniki qildi. "Amanat" safida harakat qilayotgan ikki nafar hamyurtimiz Baxtiyor Qosimov o'yinda to'liq harakat qilgan bo'lsa, hujumchimiz Murod Bobojonov 82-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

"Amanat" 14 uchrashuvdan so'ng 20 ta jamoa orasida 13-o'rinda bormoqda. Bugun yana bir futbolchimiz Sherzod Temirov harakat qiladigan "Arbil" "At Talaba" bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia