"Leganes" bugun "Real"ni taslim etadigan bo'lsa, muxlislarining pullarini qaytarib bermoqchi

Eldor Akmurzayev
15 apr 2019
Leganes rahbariyati LaLiganing 32-tur Realga qarshi uchrashuv oldidan klub rasmiy sayti orqali o'z muxlislariga murojaat qildi.

Ushbu murojaatda bugun Leganes qirollik klubini engadigan bo'lsa, u holda rahbariyat klub futbolkalarini 8-15-aprel oralig'ida sotib olgan muxlislariga pullarini qaytarib berishini takidlagan. Mazkur g'oyani jamoa yarimhimoyachisi  Aleksandr Shimanovski ilgari surgan. 

Eslatib o'tamiz, bo'lajak uchrashuv birozdan so'ng (Toshkent vaqti bilan 00:00) boshlanadi. Real chempionatda 60 ochko bilan 3-pog'onada borayotgan bo'lsa,Leganes 40 ochko bilan 13-o'rinda ketmoqda. Ular o'rtasida birinchi davradagi uchrashuvda blankoslar yirik hisobda zafar (4:1) qozongandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Leganes