A Seriya. "Inter" mehmonda "Lechche"ni mag'lub etdi va o'n ochkolik farq bilan jadvalda yetakchi bo'lib turibdi

Alisher Ostonov
22 fev 2026, 00:28
Italiya A Seriyasi 26-tur doirasidagi "Lechche" - "Inter" o'yini bo'lib o'tdi.

Genrix Mxitaryanning 75 va Manuel Akanjining 82-daqiqada urgan gollari milanliklarga g'alaba taqdim etdi.

"Inter" A Seriyada 26 o'yindan so'ng 64 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Undan bitta kam o'yin o'tkazgan "Milan" esa 54 ochkoga ega. "Lechche" 24 ochko bilan 17-o'ringa joylashgan.








Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia