Leau Milan bilan kelishuvni 2028 yilgacha uzaytirdi

Alisher
11 may 2023, 08:05
Milan forvardi Rafael Leau klub bilan amaldagi kelishuvni uzaytirishga qaror qildi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, portugaliyalik hujumchi va klub o'rtasida 2028 yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzolangan. Unga ko'ra, Leauning yillik maoshi 7 million evroga oshirilgan. Shuningdek, u 2 million evro bonusga ega bo'ladi

Insayder Fabricio Romano xabariga ko'ra, Milan va Leau o'rtasidagi kelishuv haqida tez orada rasman e'lon qilinadi.

Avvalroq, 23 yoshli hujumchiga Chelsi va PSJ qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun, Rafa joriy mavsum A Seriyadagi 32 o'yinda 12ta gol va 7ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com