Le 10 Sport: Monako Krishtianu Ronalduni 2014 yil yozida sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2013, 04:10
Monako klubi ho'jayini Dmitriy Ribolovlev o'tgan hafta Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan uchrashdi.
Uchrashuv Monako knyazligida bo'lib o'tdi. Portugaliyalik futbolchi bu erga reklamada ishtirok etish uchun kelgandi, deb xabar bermoqda Le 10 Sport.

Manbaning xabariga ko'ra, Monako Krishtianu Ronalduni 2014 yil o'z safiga qo'shib olish niyatida.

Oldinroq Portugaliya terma jamoasi a'zosi Monakoga 85 million funt evaziga ko'chib o'tishi mumkinligi aytilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru