“Laxviya” – “Bunyodkor”. O'yinoldi rasmiy tadbirlar

Narzulla Saydullayev
7 apr 2015, 07:26
7 aprel kuni “Laxviya” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan bir qator rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi.
Dastavval, mahalliy vaqt bilan soat 16:00da (Toshkentda 18:00 bo'ladi) har ikkala jamoa vakillari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida menejerlar yig'ilishi o'tkaziladi. Shundan so'ng soat 17:00da o'yinoldi matbuot anjumani tashkil etiladi. Uning birinchi qismida “qaldirg'ochlar” OAV vakillari savollariga javob qaytarishsa, ikkinchi qismida jurnalistlar bilan muloqotga “Laxviya” a'zolari kirishishadi.

Soat 18:30da “Bunyodkor” futbolchilari “Abdulloh bin Halifa” stadionida rasmiy mashg'ulotini boshlaydilar. Mikael Laudrup boshchiligidagi “Laxviya” futbolchilari rasmiy mashg'ulotini boshqa stadionda olib boradilar.

Eslatib o'tamiz, Osiyo Chempionlar ligasi 4-turi doirasidagi “Laxviya” – “Bunyodkor” uchrashuvi 8 aprel kuni Dohadagi “Abdulloh bin Halifa” stadionida soat 18:30da (Toshkentda 20:30 bo'ladi) boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com