Lautaro Martines “Manchester Yunayted”ga o'tishdan bosh tortgani ma'lum bo'ldi

7 fev 2020, 08:47
“Inter” hujumchisi MYU taklifini rad etgan.

Bunga argentinalik 22 yoshli hujumchining anchadan beri “Barselona”da to'p tepishni orzu qilishi sabab sifatida ko'rsatilgan. Martines “Barselona”dan boshqa jamoalar taklifini ko'rib chiqish niyatida emas.

Joriy mavsum futbolchi “Inter” safida A Ceriyaning 20 ta o'yinida maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN