

Argentinalik hujumchi o'tgan haftada koronavirusga musbat test topshirdi va Argentina terma jamoasi tarkibida JCH-2022 saralashi doirasida Janubiy Amerikaga yo'l olmadi. Martines kecha test topshirdi va u manfiy natija berdi.
Hujumchi "Yuventus" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun shoshilinch tarzda Appiano Jentilega qaytdi.
Lautaro Martines joriy mavsum barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol urishga erishdi.



