Lautaro Martines “Inter” futbolchilari YCHLda 9 yildan beri qayd etmagan natijaga erishdi

6 noya 2019, 07:54
YCHL 4-turi doirasida “Borussiya D” o'z uyida “Inter”ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.

O'yindagi birinchi golga 5-daqiqada “Inter” hujumchisi Lautaro Martines mualliflik qildi. Bu Martines uchun YCHL joriy mavsumidagi ketma-ket urilgan 3-gol bo'ldi. U bunga qadar “Barselona” va “Borussiya D” (uyda) ga gol urgandi.

Natijada Lautaro “Inter”ning YCHLda 2010 yildan beri ketma-ket 3 ta o'yinida gol ura olgan ilk o'yinchisi bo'ldi. So'nggi bor bunday natijani Samyuel Eto'O ko'rsatgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka