Laportning "Al Nassr"dagi maoshi ma'lum bo'ldi

Оқил Абдубарноев
20 avg 2023
Emerik Laport Saudiya Arabistonida kamida 75 million evro ishlab olishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, himoyachi 3 yillik shartnoma asosida "Manchester Siti"dan "Al Nassr"ga o'tishga rozi bo'lgan. U yiliga 25 million evro maosh oladi.

Yakuniy tafsilotlarni tomonlar hal qilishlari kerak.

Laport yaqin ikki kun ichida Saudiya Arabistoniga yetib borishi xabar qilinmoqda.

APLning 2022/23 yilgi mavsumida futbolchi 12 ta o'yinda maydonga tushgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Foot Mercato