Laporta: "Xavini "Barselona"da qoldirishga umid qilaman"

Sherzod Nurmatov
22 mar 2024
"Barselona" prezidenti Joan Laporta bosh murabbiy Xavi kelasi mavsum jamoada qolishi mumkinligini aytdi.

"Xavi fikrini o'zgartirmasligini va iyun oyida kyetishini takidlamoqda, ammo... ko'ramiz. Hali ham uni keyingi mavsumda saqlab qolishga umid qilaman, ammo bu faqat unga bog'liq", – dedi Laporta.

Avvalroq Xavi 2023/24 yilgi mavsum yakunida "Barselona" bosh murabbiyligidan kyetishini e'lon qilgandi. 44 yoshli mutaxassis jamoani 2021 yilning noyabr oyidan buyon boshqarib kelmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" 29 turdan keyin 64 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam "Real" bilan oradagi farq 8 ochkoni tashkil etmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo