

"Messidan keyingi eng yaxshi futbolchi? Leo eng yaxshisi. Undan so'ng esa ko'plab yaxshi futbolchilar bor. Ular orasida Neymar ham bor. Braziliyalik futbolchi Ronaldu bilan bir saviyadagi futbolchi", - deydi Laporta.
Ta'kidlab o'tish lozimki, Ronaldu yaqinda o'zini dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb atadi.



