Laporta Messining qaytishi haqidagi gap-so'zlarga javob berdi

Eldor Akmurzayev
29 mar 2022
“Barselona” prezidenti Joan Laportaga PSJ forvardi Lionel Messi haqida savol berildi.

- Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bormi?

- Leo va uning atrofidagilardan bu borada hech qanday xabar olmadim. Ayni dam uning qaytishi haqida o'ylamayapmiz. Shakllanayotgan yosh jamoani qurmoqdamiz.

Leo bu Leo, u jahonning eng zo'r futbolchisi, ammo uning qaytishini rejalashtirmayapmiz. Biroq, bu amalga oshsa, orqaga qadam bo'lmaydi”, deydi Laporta.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Diario Sport