Laporta: "Levandovski - gollar kafolatchisi"

Mirjalol Normatov
19 iyul 2022, 18:55
"Barselona" prezidenti Joan Laporta hujumchi Robert Levandovskining transferi haqida gapirdi.

"Barselona" yana boshqa futbolchilar intiladigan klub bo'lishini istayman. Bu borada barchamiz ishlayapmiz. Biroq moliyaviy holat yaxshilanmasa, barchasi qiyin bo'ladi. Qadam va qadam shu darajaga qaytib kelyapmiz. Futbol kutmaydi. Barchasini bajarishimiz shart. Dembele, Rafinya, Levandovski, Kessie, Obameyang, Ferran... Alemani va Kroyff yaxshi ishlayapti.

"Barselona" barcha kabi top-klublar qatorida, ammo jamoaga top-hujumchi kerak. Robert - bu pulemyot. Ko'p marta "Oltin butsa"ni qo'lga kiritgan. U gollarni kafolatlaydi. U, Ansu va Obameyang ko'plab gollar urishiga ishonaman", - dedi Laporta.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal