Laporta Fatini qo'llab-quvvatladi

Alisher
27 mar 2021
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jarohatidan tiklanayotgan hujumchi Ansu Fatini qo'llab-quvvatladi.

"Suhbatimizdan so'ng Fati o'zini yanada yaxshiroq his qilmoqda. Men uni tetiklashtirdim va Ansuning bularni engib o'tishiga ishonchim komil", - deydi Laporta.

Eslatib o'tamiz, Fati noyabrda jarohat olgan va shundan so'ng ikki bor tizzasidan operaciya qilingandi. Ansuning uchinchi marta operaciya qilinish ehtimoli bor. Qaror tez orada qabul qilinadi.

18 yoshli hujumchi "Barselona" safida joriy mavsum 10ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: As