Laporta "Barselona"ning aniq sotilmaydigan 3 nafar futbolchisi aytdi

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2023, 11:50
"Barselona" prezidenti Joan Laporta muxlislarni klub bir qator top-futbolchilar bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekanligiga ishontirdi.


"PSJ va Usmon Dembele o'rtasida aloqa bo'ldimi? U hatto 70 millionga ham sotilmaydi, kerakli vaqtda shartnomalarni uzaytiramiz. Xuddi shu narsa de Yong va ter Shtegen uchun ham amal qiladi – ular sotilmaydi. Dembelega bir qancha klublar qiziqish bildirmoqda, ammo biz uni hech kimga berib qo'ymoqchi emasmiz", – dedi Laporta.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/dimarzio