

26 yoshli futbolchining fuqarolikka qabul qilinishi Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Bugun e'lon qilingan hujjatga ko'ra, u ispan fuqaroligini olgan.
Futbolchi Fransiyada tug'ilgan, ammo basklar qoniga ega. U professional faoliyatini Bilbaoning "Atletik" (bu klubda faqat basklargina o'ynay oladi) klubida boshlagan, "Man Siti" 2018 yilning yanvarida uni 57 million funt evaziga xarid qilgan.
Laport Fransiya terma jamoasida umuman harakat qilmagan, ammo yoshlar va o'smirlar milliy jamoalarida ishtirok etgan. Shunga qaramasdan, FIFA unga futbol fuqaroligini o'zgartirishga ruxsat berdi.
Bir necha hafta oldin Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike mamlakat futbol Federatsiyasiga Laportni mahalliylashtirish imkonini o'rganish bo'yicha murojaat qildi.
Futbolchi joriy mavsum "Manchester Siti" libosida barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushdi.



