"Lans" "Monpele" to'purarini sotib oldi

Оқил Абдубарноев
21 avg 2023, 02:46
Ele Vai "Chelsi"ni emas, "Lans"ni tanladi.

"Monpele" o'z to'purarini 35 million evroga sotdi.

Hujumchi Fransiya chempionatining so'nggi mavsumida ikkinchi o'rinni egallagan jamoa bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Xabarlarga ko'ra, "Chelsi", "Vest Xem" va "Ayntraxt" ham Vaiga da'vogarlik qilgan.

Liga 1'da o'tgan mavsum hujumchi 33 o'yinda 19 ta gol urgan.

Eslatib o'tamiz, Elening yangi klubida o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: rclens.fr