"Lans" markaziy himoyachisi klubdan kyetishi mumkin

Оқил Абдубарноев
30 apr 2024
Futbolchiga Germaniya va Italiya chempionlari qiziqish bildirmoqda.

"Lans"ning avstriyalik himoyachisi Kevin Danso yozgi transferlar oynasida klubni tark etishi mumkin.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Bundesliganing yangi chempioni "Bayer" klubi 25 yoshli futbolchini o'z safida ko'rmoqchi.

Shuningdek, Italiyaning "Inter" klubi ham salkam 2 metr bo'yga ega Dansoni kuzatib bormoqda, biroq A Seriya g'olibi hali bir qarorga kelmagan.

Himoyachining o'zi esa faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishni istamoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: SportZone