Lam yozda futbolchilikni tugatadi va Bavariyada ishlamoqchi emas

Narzulla Saydullayev
8 fev 2017, 09:25
Bavariya himoyachisi Filipp Lam yozda butsalarini mixga ilmoqchi.

33 yoshli futbolchi rahbariyatga yozda ketishini ma'lum qilgan. Futbolchi Bavariyada sport direktori bo'lish taklifini rad qilgan. Bavariyada Lam 2002 yil debyut qilgan. Faoliyati davomida 8 marta Germaniya chempioni bo'lgan va 7 marta mamlakat kubogini qo'lga kiritgan.

2013 yilda Lam Bavariya safida Chempionlar ligasida g'olib bo'ldi, 2014 yilda Germaniya tarkibida Jahon chempioni bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de