Lam va Shvaynshtaygerlar "Portu"ga qarshi o'yinga tayyorlar

Aziz Tukhtamuradov
20 apr 2015, 22:22
"Bavariya" futbolchilari Filipp Lam va Bastian Shvaynshtaygerlar "Portu"ga qarshi bo'lib o'tadigan javob o'yinida maydonga tushishga tayyorlar.
Shvaynshtayger jarohati va shamollab qolgani sababli "Xoffenxaym"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi. Lam esa oshqozonidagi muammolar tufayli ushbu o'yinda ishtirok eta olmagan.

Ammo, ayni paytda ushbu futbolchilar o'zlarini yaxshi his qilmoqdalar va ertaga bo'lib o'tadigan o'yinda maydonga tusha olishlari mumkin.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru