Lam: "Chap qanot himoyasida o'ynashni istamayman"

Narzulla Saydullayev
27 may 2014, 14:40
Germaniya terma jamoasi sardori Filipp Lam JCH-2014 vaqtida chap qanot himoyasida o'ynamoqchi emasligini aytib o'tdi.
"Bir necha marta chap qanot himoyasida o'ynamoqchi emasligimni aytgandim, fikrimdan qaytganim yo'q. Agar o'ng va chap qanotdan birini tanlash kerak bo'lsa men o'ng qanotni tanlayman. Tayanch yarim himoya yoki o'ng qanot? Farqi yo'q. Hozir o'zimni yarim himoyachi sifatida ko'rayapman, sababi bir mavsum shu joyda o'ynadim", - deydi Lam.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru