Lam: "Bavariya" Xyonessdek professionalga muhtoj"

Aslanov Jasurbek
10 mar 2016, 11:10
"Bavariya" sobiq prezidenti Uli Xyonessning kelajagi Germaniya futbol jamoatchiligida dolzarb masalaligicha qolmoqda.

"Xyoness - aniq qaror qabul qiladigan inson. Uli bu qarorlarni hayotda qo'llab, klub faoliyatini tartibga soladi. "Bavariya" o'z tajribasi va sifati evaziga qaror qabul qiladigan professionalga muhtoj. Xyoness shunday tajribaga ega va u yuqori darajali futbolchilarni tanlay oladi" - deydi Lam.

Xyoness 29 fevral kuni muddatidan avval ozodlikka chiqdi. 2014 yilning martida u soliq to'lashdan qochgani uchun 3,5 yillik qamoq jazosiga hukm etilgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Zeit