LaLigada mavsum startidagi eng yomon futbolchilar aniqlandi

Mirjalol Normatov
13 noya 2020, 00:50
Ispaniyaning "Marca" nashri o'z o'quvchilari o'rtasida LaLiganing startidagi eng yomon futbolchilarni aniqlash borasida so'rovnoma o'tkazdi.

Unga ko'ra, birinchi o'rinni 33 foiz ovoz to'plagan "Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann egalladi. U Ronald Kuman kelganidan keyin 7-o'yinga kelib, samaradorlik qayd eta oldi.

Ikkinchi qatorda "Real" yarim himoyachisi Eden Azar qayd etildi - 31 foiz. U mavsumning dastlabki qismini jarohati sababli o'tkazib yuborgan bo'lsa, endi koronavirusga chalindi.

Uchinchi o'rindan "Real" tarkibida juda kam ko'rinayotgan Isko o'rin oldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca