LaLiga taqvimi juma kuni e'lon qilinadi

Aslanov Jasurbek
19 iyul 2017
Ispaniya futbol federatsiyasi mamlakat chempionati va ikkinchi darajali divizioniga qachon qur'a tashlanishini e'lon qildi.

21 iyul, juma kuni qur'a tashlanadi va chempionati uchrashuvlari bo'lib o'tadigan sanalar aniq bo'ladi.

Oldinroq, Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Anxel Mariya Vilyar va uning o'g'li hibsga olingani e'lon qilingandi. Ular korrupsiya va hujjatlarni sohtalashtirishda ayblanmoqda. Ularning ofisida tintuv ishlari olib borilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia