

Bellashuvning o'n uchinchi daqiqasida Karim Benzema tomonidan kiritilgan gol Florentino Perez jamoasiga kerakli g'alabani taqdim etdi. Turnir jadvalida "Real" 16 turdan so'ng, 29 ochko bilan uchinchi pog'onada bormoqda. "Barselona" va "Atletiko" 31 jamg'argan holda, "Qirollik klubi"dan teparoqda joylashgan.
Real Madrid – Rayo Valekano 1:0 (1:0, 0:0)
"Santyago Bernabeu"
Gol: 1:0 – 13 Benzema.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich (Valverde, 90), Lorente, Vaskes, Kroos, Asensio (Sebalos, 71), Benzema (Vinisius Junior, 78).
Rayo Valekano – Dimitrievski, Advinkula, Velaskes, Galves (Ba, 54), Moreno, Medran (Bebe, 54), Komesanya, Garsiya, Imbula, Embarba (Alegriya, 73), Tito.
Ogohlantirish: Galves (39), Bebe (64), Imbula (83).
Ushbu turda "Barselona" "Levante" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17 dekabr soat 00:45 da boshlanadi.



