LaLiga. Messi Kasilyasga tenglashib oldi

Eldor Akmurzayev
30 mar 2019, 23:22
Ispaniya chempionatining 29-turi doirasidagi Kataloniya derbisida zafar quchgan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi LaLigadagi o'zining 334-g'alabasini nishonladi.

Messi mazkur ko'rsatkich bo'yicha musobaqa yetakchisi Iker Kasilyas bilan tenglashib oldi. Keyingi o'yindagi muvaffaqiyat 31 yoshli futbolchini mutloq rekordchiga aylantirishi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, “ko'k-anorranglilar” chempionatning navbatdagi bahsini 2 aprel kuni mehmonda “Vilyarreal”ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta