LaLiga. Antoni "Betis"dagi debyutidayoq eng yaxshi futbolchi bo'ldi

Mirjalol Normatov
3 fev 2025, 02:58
LaLiganing 22-turida "Betis" o'z maydonida "Atletik" bilan jangovar durang qayd etdi.

Unda mezbonlarning yangi futbolchisi Antoni LaLigada debyutini amalga oshirdi. Futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi va 72 daqiqa harakat qildi. Uchrashuv yakunida Antoni bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Betis – Atletik 2:2

3 fevral, 01:00 | "Benito Vilyamarin"

Gollar: 1:0 – 15 Isko, 1:1 – 33 Paredes, 2:1 – 45+2 Perro, 2:2 – 69 Sanset.

Betis – Adrian, Perro, Natan, Lorente, Ortis, Altimira (Roke, 72), Kardozo (Roka, 81), Isko, Rodriges (Garsiya, 82), Antoni (Ezzalzuli, 72), Bakambu (Lo Chelso, 64).

Atletik – Unai Simon, Lekue (Boyro, 80), Paredes, Vivian, Gorosabel, Berenger (Djalo, 79), Vesga, Xauregisar (Prados, 56), Uilyams, Unai Gomes (Guruseta, 56), Sanset (Kanales, 79).

Ogohlantirish: Isko (49), Bakambu (61), Sanset (77), Roka (90+2).


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia