"Lacio" yozda Kepani "Chelsi"dan ijaraga olishga tayyor

Alisher
5 mar 2022, 12:15
"Lacio" "Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalagaga qiziqish bildirmoqda.

Rim klubi 27 yoshli ispaniyalik futbolchini qishki transfer oynasida ijaraga olishga tayyor.

Arrisabalaga Ispaniya terma jamoasi bilan Qatardagi JCHga bormoqchi, shu sabab muntazam o'yin amaliyoti olishga qiziqmoqda. Kepa "Chelsi"da 2021/22 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 15ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, "Lacio"ning amaldagi bosh murabbiyi Mauricio Sarri 2018/19 yilgi mavsum "Chelsi"da ispan bilan birga ishlagan.

"Chelsi" 2018 yilda Arrisabalagani Bilbaoning "Atletik" jamoasidan 80 mln evrodan ortiqqa xarid qilib, dunyodagi eng qimmat darvozabonga aylantirgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport