"Lacio" prezidentining bir og'iz gapi sababli tekshiruv ishlari boshlandi

Mirjalol Normatov
24 may 2020, 17:25
Italiya futbol federatsiyasi prokurori "Lacio" prezidentining gaplari sababli tekshiruv ishlarini boshladi.

Oldinroq rimliklar prezidenti "Yuventus" - "Inter" uchrashuvi haqida matbuotga shunday gaplarni gapirgandi: "Biz "Yuventus"dan atigi 1 ochkoga ortda qolyapmiz. Barchasi "Yuventus" - "Inter" uchrashuvi sababli. O'yinda nimalar bo'lganini barcha ko'rdi", - degandi Lotito o'shanda.

Endi Klaudio Lotito o'zining gaplarini tushuntirib berishi kerak. "Lacio" prezidentiga sankciyalar qo'llanishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal