"Lacio" prezidenti Sarrining faoliyatidan qoniqmoqda

Sherzod Nurmatov
18 noya 2021, 21:28
"Burgutlar" mutaxassis bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

"Lacio" prezidenti Klaudio Lotito jamoa bosh murabbiyi Mauricio Sarrining ishidan qoniqish hosil qilayotganini bildirdi.

"Sarri bilan yaxshi munosabatdaman, biz har kuni muloqot qilamiz va bu sayohatni birga davom ettirishni xohlaymiz. Keyinchalik nima bo'lishidan qati nazar, bu tabiiy jarayon bo'ladi, hech qanday muammo yo'q", – dedi funkcioner.

Jamoa hozirda 12 turdan so'ng 21 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia