"Lacio" Mertens bilan shartnoma tuzmoqchi

Sherzod Nurmatov
24 mar 2022
Rimning "Lacio" klubi bosh murabbiyi Mauricio Sarri hujumni kuchaytirish uchun turli variantlarni ko'rib chiqmoqda.

Manba bergan xabarga ko'ra, "burgutlar" "Napoli" hujumchisi Dris Mertensga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, rimliklar joriy mavsum yakunida "Napoli" bilan kelishuvi yakuniga etadigan 34 yoshli forvardni erkin agent sifatida qo'lga kiritishmoqchi.

Mertens joriy mavsumda A Seriyada 22 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta to'p kiritdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport