"Lacio" futbolchisi 3 haftaga safdan chiqdi

Alisher
6 iyul 2020, 15:55
Rimliklar tarkibida navbatdagi yo'qotish.

Rimning "Lacio" jamoasi yarim himoyachisi Xoakin Korrea kamida 3 haftaga safdan chiqdi.

Korrea tizzasidan jarohat olgan. Simone Inzagi A Seriyaning yaqin o'yinlarida Xoakinning xizmatlaridan foydalana olmaydi.

Korrea joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: football-italia.net