La Repubblica: "Napoli" va "Inter" o'z hujumchilarini almashishi mumkin

Mirjalol Normatov
7 iyul 2019, 18:18
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardining "Napoli"ga o'tishi borasida yana bir qancha ma'lumotlar oshkor qilindi.

"La Repubblica" xabariga ko'ra, neapolliklar 26 yoshli futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olish uchun Lorenco Insine bilan almashishni taklif qilgan.

Oldinroq "Inter" bosh direktori Beppe Marotta hujumchi Ikardining sotilishini aytib o'tgandi.

Ayni damda argentinalik uchun "Yuventus" ham da'vogarlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Repubblica