La Ligaga chiqqan ikkinchi klub nomi ham ma'lum bo'ldi

“Ueska” Segunda 41-turida “Numansiya”ni 3:0 hisobida engdi.

Bu orqali “Ueska” Segundada mavsum yakunlanishiga 1 tur qolganda La Ligaga chiqish yo'llanmasini hal etdi. “Ueska” musobaqa jadvalida “Kadis”dan keyin ikkinchi o'rindan joy olgan. Avvalroq “Kadis”ning La Ligaga qaytgani haqida xabar berilgandi.

“Ueska” so'nggi 3 mavsum davomida ikki bor La Ligaga chiqmoqda. Bunday natijani avvalroq “Deportivo” qayd etgandi - 2013 yilgi mavsumdan 2015 yilgi mavsumga qadar.


Manba: Opta